Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi..
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
25 iyun kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi Quruqlik qo‘shinlari (ARCENT) qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Maykl J. Lini boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Milliy gvardiyada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida tomonlar Milliy gvardiya va AQSh Markaziy qo‘mondonligi o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Xususan, 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik rejasi hamda hamkorlik memorandumi loyihalari yuzasidan fikr almashilib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, xalqaro harbiy ta’lim va tayyorgarlik dasturi (IMET) doirasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ishtirokini kengaytirish, ularning kasbiy salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →