39 millionlik aholi va prezidentning milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash chaqirig‘i - mahalliy dayjest.
Ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 39 milliondan ortgani ma’lum bo‘ldi. Prezident milliy jamoa futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. .
Ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 39 milliondan ortgani ma’lum bo‘ldi. Prezident milliy jamoa futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Profilaktika inspektori, yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmati yagona tizimga birlashtiriladi. Oliy ta’lim vazirligi talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilmaganini ma’lum qildi. Toshkentda «aqlli zebra» tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Prezident milliy jamoa futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtaldi.
«...Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki to‘g‘risida turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolariga ortiqcha his-tuyg‘u bilan e’tiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim», dedi prezident.
Katta g‘alabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbolni rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratilishi, bu sohaga investitsiya ko‘paytirilishi ta’kidlandi. Eng avvalo, bolalar futboliga e’tibor kuchaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantiriladi. Kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi.
«Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz!» – dedi prezident.
Ro‘yxatga olish yakunlari: O‘zbekiston aholisi 39 milliondan ortgani ma’lum bo‘ldi
Ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari O‘zbekiston aholisi 39 047 321 nafar ekanini ko‘rsatdi. Ro‘yxatga olish natijasidagi aholi soni rasmiy statistikadan 810,6 ming nafarga ko‘p ekani aniqlandi. Aholining 54,5 foizi shaharlarda, 45,5 foizi qishloq joylarda yashamoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda 1 yildan ortiq muddat yashayotgan 56 860 nafar xorij fuqarosi aniqlandi. Shundan 13 312 nafari yoki 23 foizi hindistonliklar, 10 826 nafar yoki 19 foizi rossiyaliklardir.
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 34,9 million nafari yoki 89,4 foizi o‘zbek millatiga mansub. Shuningdek, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili deb hisoblaydi.
Profilaktika inspektori, yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmati yagona tizimga birlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →