«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi.
Ukraina Rossiyaning ichkarisiga tobora ko‘proq va yirikroq dron hujumlarini amalga oshiryapti. Bu bilan Putinning - Rossiya jamiyatini urushdan uzoqda saqlash imkoniyatlari yo‘qqa chiqarilmoqda..
Ukraina Rossiyaning ichkarisiga tobora ko‘proq va yirikroq dron hujumlarini amalga oshiryapti. Bu bilan Putinning - Rossiya jamiyatini urushdan uzoqda saqlash imkoniyatlari yo‘qqa chiqarilmoqda.
30 iyunga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya bo‘ylab navbatdagi dronlar hujumini uyushtirdi. Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, ushbu hujumlarda Moskva va Qrimdagilarni hisobga olganda, jami 419 ta dron urib tushirilgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin havo mudofaasi kuchlari poytaxtga yaqinlashayotgan 60 dan ortiq dronni urib tushirgani hamda favqulodda xizmatlar dron qulagan joylarida ishlayotganini ma’lum qildi. U jarohatlanganlar haqida gapirmadi.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida poytaxtdan qariyb 96 km janubda joylashgan Yegorevsk shaharchasida 6 oylik chaqaloq halok bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, dron tushishi oqibatida u yerda yong‘in chiqqan. Qutqaruvchilar uyda yashovchilarni olib chiqqan, biroq bola shifoxonaga ketish yo‘lida vafot etgan.
Hujumlardan so‘ng, Rossiya Federal aviatsiya nazorati organi Moskvaga xizmat ko‘rsatadigan yirik aeroportlarda qisqa muddatli favqulodda cheklovlar joriy qildi. New York Times'ga ko‘ra, bu holat hozirda Rossiya poytaxtida odatiy holga aylangan. «Rosaviatsiya» agentligi Moskvaga xizmat ko‘rsatuvchi to‘rtta xalqaro aeroportdan uchtasi tunda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
Ukraina rasmiylari ushbu hujumlar borasida darhol ommaviy bayonot bermadi. Zelenskiy dushanba oqshomida – Moskvaga zarba berilishidan oldingi murojaatida Ukrainaning dron hujumlari «urush haqiqatini Rossiyaning o‘ziga qaytarayotganini» aytdi.
Zelenskiy Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari, nasos stansiyalari va eksport portlariga qilingan hujumlar neft sanoatiga putur yetkazayotgani qayd etdi.
«Biz tajovuzkor davlat urushni 'qayerdadir uzoqda' ushlab tura olmasligi uchun Ukrainaga kerakli natijalarni ta’minlayapmiz», dedi Zelenskiy.
Umuman olganda Ukrainaning navbatdagi hujumi ham – Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari va yoqilg‘i obektlarini nishonga olgan. Bu kampaniya butun Rossiya bo‘ylab benzin taqchilligi va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlarni davom ettirmoqda.
Front chiziqlari dronlar bilan to‘lib-toshgan bir paytda, Rossiya Ukraina sharqidagi jang maydonida siljishga erishishda qiyinchilikka duch kelmoqda, deb yozmoqda New York Times.
Bu yerda Kreml Donetsk viloyatining qolgan qismini ham egallashni maqsad qilgan. Shu bilan birga og‘ir janglar bilan kechgan may oyidan keyin Rossiya kuchlari yana sekin-asta oldinga siljiy boshladi. Ular
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →