“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Toshkent shahrida tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan 14 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular avtoehtiyot qismlar bozorida mijozlarning mashinasiga ruxsatsiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelishgan. .

Toshkent shahrida tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan 14 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular avtoehtiyot qismlar bozorida mijozlarning mashinasiga ruxsatsiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelishgan.

Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh tashkil qilgan 14 kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud majlisida qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Tergov va sud hujjatlariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari mijozlarning mashinasiga oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, tovlamachilik yo‘li bilan pul undirishga urinishgan.

Shunday holatlarning birida ular mijozning mashinasiga uning ruxsatisiz turli jihozlar o‘rnatishgan. Ushbu xizmat bozor narxida 600 dollar bo‘lgan. Biroq sudlanuvchilar mijozdan 13 300 dollarni tovlamachilik yo‘li bilan undirgan. E’tiroz bildirgan mijozga qo‘rqitish yo‘li bilan tahdid qilishgan.

Yana bir holatda jinoiy guruh a’zolari boshqa bir fuqaroning avtomashinasiga uning roziligisiz ehtiyot qismlarni o‘rnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilishgan. Aniqlanishicha, ular avtomashina kalitini fuqarodan olib qo‘yib, tazyiq o‘tkazish orqali 15 mln so‘m undirishgan.

Bundan tashqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomashinasini qo‘shimcha ehtiyot qismlar bilan jihozlash uchun ulardan 70 mln so‘m miqdorida pul olib, va’da qilingan ishni bajarmagan.

JIB Uchtepa tumani sudi hukmi bilan sudlanuvchilar tovlamachilik jinoyatini sodir qilishda aybli deb topildi. Ularga 3 yildan 6,5 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazoslari tayinlandi.

Ayrim sudlanuvchilar (muqaddam sudlangani bois) tayinlangan jazoni qattiq tartibli, ayrimlari esa umumiy tartibdagi jazo koloniyalarida o‘tashi belgilandi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön