Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Har yili dunyo bo‘ylab global yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda pul yuviladi. Buni summaga chaqsak, real ko‘rsatkich 2,3 trln dollardan 5,8 trln dollargacha yetishi mumkin. Korrupsiya, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoiy yo‘llar bilan to‘plangan “qora” pullar qanday qilib “oqartiriladi?” .

Har yili dunyo bo‘ylab global yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda pul yuviladi. Buni summaga chaqsak, real ko‘rsatkich 2,3 trln dollardan 5,8 trln dollargacha yetishi mumkin. Korrupsiya, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoiy yo‘llar bilan to‘plangan “qora” pullar qanday qilib “oqartiriladi?” Nega Kayman orollari, Kipr va Britaniya Virjiniya orollari kabi ofshor hududlar dunyo boylarining sevimli manziliga aylangan?

Migel – Lotin Amerikasidagi keng tarmoqli narkokartel rahbari. U jinoyatchilik ortidan millionlab dollar pul to‘plagan.

Andrey esa – yuqori lavozimda ishlovchi amaldor, katta bir tashkilot rahbari. U qurib bitkazilgan uylarga litsenziya beradi. Millionlab dollar aktivlarga ega yirik kompaniyalar Andrey bilan hisoblashishga majbur – qoidasi shunaqa, yo‘qsa qurgan binosini hech kimga sota olmaydi. Uning chet davlatlarda qo‘sha-qo‘sha uy va villalari borligi haqida mish-mishlar yuradi.

Jyek – oxirgi yillarning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biri. Kremniy vodiysidagi texnologik korporatsiyaning milliarder egasi.

Ta’riflaganimiz bu uch xil odamni bitta narsa birlashtirishi mumkin – noqonuniy topilgan daromadlar.

Migelda bankka qo‘yib bo‘lmaydigan bir necha qop pul bor. Andrey pora evaziga boylik to‘plagan, ularni yashirishi kerak. Jyek esa olingan foydasini soliq xizmatidan berkitish haqida o‘ylayapti.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab global yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda pul yuviladi. Foizni raqamlar ko‘rinishiga keltiradigan bo‘lsak, real ko‘rsatkich 2,3 trln dollardan 5,8 trln dollargacha yetishi mumkin. Taqqoslash uchun, faqatgina ikkita davlat – AQSh va Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 5,8 trln dollarda kattaroq.

Yana bir paradoks shundaki, global moliya tizimi orqali yuviladigan jinoiy daromadlarning atigi 0,2 foizi muzlatiladi va musodara qilinadi. Qolgan 99,8 foizi muvaffaqiyatli tarzda qonuniy iqtisodiyotga aralashtirib yuboriladi.

Xo‘sh, korrupsiya, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoiy yo‘llar bilan olingan “qora” pullar qanday qilib “oqartiriladi?” Nega Kayman orollari, Kipr va Britaniya Virjiniya orollari kabi hududlar dunyo boylarining sevimli manziliga aylangan?

“Sodda iqtisodiyot” ruknida bu gal Al Kaponening kirxonalari va Gulnora Karimovadan tortib, Apple'ning "arvoh ofislari"gacha bo‘lgan murakkab sxemalarni oddiy tilda tushuntirib beramiz.

Ko‘pchilik "pul yuvish" atamasining kelib chiqishini AQShda faoliyat olib borgan mafiya sardori Al Kapone nomi bilan bog‘laydi. U o‘tgan asrni

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön