Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, mahsulotning yorlig‘i bo‘lmagan va veterinariya-sanitariya talablariga javob bermagan. O‘sh viloyatidagi “Do‘stlik” chegara punktidagi tekshiruvdan keyin mahsulot ortga qaytarib yuborilgan..

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, mahsulotning yorlig‘i bo‘lmagan va veterinariya-sanitariya talablariga javob bermagan. O‘sh viloyatidagi “Do‘stlik” chegara punktidagi tekshiruvdan keyin mahsulot ortga qaytarib yuborilgan.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida joylashgan “Do‘stlik” chegara veterinariya nazorat punkti O‘zbekistondan olib kirilgan 650 kg kolbasa mahsulotlarini ortga qaytarib yubordi.

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, mahsulotlar yorliqsiz bo‘lib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining veterinariya-sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlangan.

“Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida yuklarni Qirg‘iziston Respublikasiga olib kirish taqiqlandi. Inspektorlar tegishli bayonnomalar tuzdi, shundan so‘ng yuklar “Do‘stlik” chegara veterinariya nazorat punkti orqali O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön