JCh anonsi. Angliya va Belgiya Afrika vakillariga qarshi.
Guruhda O‘zbekistonni qoldirib ketgan Kongo DR jamoasi turnir favoritlaridan biri bilan nimchorak final uchun bahs olib boradi..
Guruhda O‘zbekistonni qoldirib ketgan Kongo DR jamoasi turnir favoritlaridan biri bilan nimchorak final uchun bahs olib boradi.
1 iyul kuni kechqurun va 2 iyulga o‘tar kechasi jahon chempionati 1/16 bosqichi doirasida Angliya – Kongo D, Belgiya – Senegal hamda AQSh – Bosniya va Hersegovina juftliklari ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Angliya – Kongo DR 1 iyul, 21:00. Mercedes-Benz Stadium, Atlanta
Angliya va Kongo DR bunga qadar biror marta o‘zaro o‘ynamagan. Bu ham o‘yinga qo‘shimcha intriga beradi. Inglizlar – ushbu juftlikda favorit ekaniga shubha yo‘q. Ammo kongoliklarni ham yaqqol autsayder deb bo‘lmaydi: guruh bosqichida bu jamoa Portugaliya hujumchilarini to‘xtatgan (1:1). Britanlar esa Afrikaning boshqa bir jamoasi, Gana darvozasiga yo‘l topolmagandi (0:0).
Angliya o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi, ammo azaliy savolga javob topilmay qoldi: raqib chuqur himoyalanadigan bo‘lsa, qanday yo‘l tutiladi? Gana bilan o‘yindan keyin Tomas Tuxelga savollar paydo bo‘ldi, uning futboli tig‘iz himoyaga qarshi hech narsa qila olmasligi haqida tanqidlar yangradi. Qolaversa, keyingi turda Panama ham quyi blokda himoyalanganida ancha vaqtgacha darvozaga yo‘l topilmadi va faqat Bellinghemning mahorati evaziga himoya devori buzib o‘tildi.
Kongoliklar ham raqibning kamchiliklaridan kelib chiqib, himoyaviy o‘yin uslubini tanlashi tayin. Qolaversa, afrikaliklar guruh bosqichida qarshi hujumlarda qanday o‘ynashini namoyish etgan, tarkibda Yevropa chempionatlarida chiniqqan kuchli futbolchilar yetarlicha.
Inglizlar bu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, 1/8 finalda turnir mezbonlaridan biri bo‘lgan Meksikaga ro‘baru keladi. Chorakfinaldagi ehtimoliy raqib Braziliya va Norvegiya juftligi g‘olibi bo‘ladi.
1/16 finaldagi eng intrigali juftlik. Belgiya va Senegal guruh bosqichini juda qiyin boshladi va faqat oxirgi turga kelib ilk g‘alabalariga erishdi. Ikki jamoa ham uchinchi turda beshtadan gol urib, yirik hisoblarda g‘alaba qozondi (raqiblar kamtarona Yangi Zelandiya va Iroq bo‘lgani ham bunga sabab). Va shunday savol tug‘iladi – bu bir lahzalik chaqnashmidi yoki motor endi qizib ishga tushmoqdami?
Rudi Garsiya so‘nggi o‘yinda Lukakuni zaxirada qoldirgan va Trossarga ishonch bildirgan, «Arsenal» hujumchisi bu ishonchni oqlab, dubl rasmiylashtirgandi. Ammo Romelu ham zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan va o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi. Shunday ekan, Rudi Garsiya qarshisida qiziq dilemma paydo bo‘ladi, u bu safar hujum markaziga kimni tushiradi. Ammo bu ikkinchi darajali masala, asosiy vazifa esa 35 yoshli De Bryuyne zimmasida, u Tilemans va Onana bilan birgali
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →