Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi.
Moran ismli bolakayni iordaniyalik qutqaruvchilar La-Guayra shtatidagi vayronalar ostidan olib chiqqan. Zilziladan keyingi uch kunda - vayronalar ostida qolgan odamlarning tirik topilish imkoniyati eng yuqori bo‘ladi. Moranning oltinchi kuni topilishi esa haqiqiy mo‘jiza bo‘ldi..
Moran ismli bolakayni iordaniyalik qutqaruvchilar La-Guayra shtatidagi vayronalar ostidan olib chiqqan. Zilziladan keyingi uch kunda - vayronalar ostida qolgan odamlarning tirik topilish imkoniyati eng yuqori bo‘ladi. Moranning oltinchi kuni topilishi esa haqiqiy mo‘jiza bo‘ldi.
Venesueladagi 7,5 balli zilziladan olti kun o‘tib, vayronalar ostidan uch yoshli bola sog‘-salomat qutqarildi. 30 iyun kuni Kliber Moranni iordaniyalik qutqaruvchilar La-Guayra shtatidagi vayronalar ostidan olib chiqqan.
Iordaniya fuqaro muhofazasi xizmati kichik Kliberga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgani, u shifoxonaga yetkazilgani va barcha hayotiy ko‘rsatkichlari yaxshi ekanini bildirdi.
A Jordanian search-and-rescue team pulled a toddler alive from debris in Caracas, six days after major earthquakes hit Venezuela https://t.co/4jfuc55cki pic.twitter.com/VQVT9PGom4
Bola ayni paytda poytaxt Karakasdagi shifoxonada davolanmoqda.
Zilziladan keyingi uch kunda — vayronalar ostida qolgan odamlarning tirik topilish imkoniyati eng yuqori bo‘ladi. Kliberning oltinchi kuni topilishi esa haqiqiy mo‘jiza bo‘ldi. Prezident Delsi Rodriges hodisani «xalq uchun umid manbai» deb ta’rifladi.
La-Guayra — zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlardan biri bo‘lib, ko‘plab mahalliy aholi qutqaruv ishlarini o‘z kuchlari bilan olib borishga harakat qilmoqda. BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi seshanba kuni hududda oziq-ovqat taqchilligi ommaviy tus olgani, asosiy kommunal xizmatlar mutlaqo to‘xtab qolgani va aloqa vositalari uzilganini ma’lum qildi.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelada o‘tgan haftada sodir bo‘lgan 7.2 va 7.5 magnitudali zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming 943 nafarga yetdi.
Jarohatlanganlar esa 10 ming kishidan oshib ketgan, yana o‘n minglab odamlar taqdiri hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
NASA'ning dastlabki baholashiga ko‘ra, kuchli yer silkinishlari 58 mingdan ortiq binoga zarar yetkazgan yoki ularni butunlay vayron qilgan.
Hozirda butun dunyodan kelgan minglab qutqaruvchilar o‘rgatilgan itlar va og‘ir texnikalar yordamida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →