Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gurjistonda bo‘ladi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-3 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi..

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-3 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.

Tbilisi shahrida Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili hamda bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Gurjiston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilinadi.

Tomonlar sanoat, farmatsevtika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika va axborot texnologiyalari sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratadilar.

Shu bilan birga, transport-logistika sohasida hamkorlik qilish hamda mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari bo‘yicha hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön