Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Bug‘doy o‘rimi boshlandi-yu, qishloq xo‘jaligidagi huquqsizlik yana bo‘y ko‘rsatdi – murojaat botimizga haqoratlangan-tahqirlangan fermerlardan audio va videolar kelib tushmoqda..

Bug‘doy o‘rimi boshlandi-yu, qishloq xo‘jaligidagi huquqsizlik yana bo‘y ko‘rsatdi – murojaat botimizga haqoratlangan-tahqirlangan fermerlardan audio va videolar kelib tushmoqda.

Jurnalist Shokir Sharipov Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov bilan suhbatda o‘sha eski savolni yana o‘rtaga tashladi: biz qachon sohani tuzuk holga keltiramiz? Fermerga nisbatan bunday munosabat qachongacha davom etadi?

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida fermer huquqlari, hosil rejalari va hisobot bosimi atrofidagi bahslar yanada dolzarblashmoqda. Kun.uz sohani yaxshi biladigan mutaxassis Kamoliddin Ikromov bilan fermerlarning nega hali ham to‘laqonli tadbirkor sifatida ko‘rilmayotgani, bu munosabat qanday mexanizmlar orqali saqlanib qolayotgani va uning yer, bozor hamda kelajak avlodlar uchun oqibatlari haqida suhbatlashdi.

- Shokir Sharipov, jurnalist: Siz sohani ichidan bilasiz. Nega fermerlarning huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yillar davomida o‘zgarmayapti? Bunday munosabatning mexanizmi nimada?

- Kamoliddin Ikromov, Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari: Men bu haqda ko‘p o‘ylayman. Shaxsiy fikrim shuki, fermerlarimizga nisbatan jamiyat tomonidan ham, boshqaruv tizimi tomonidan ham yetarlicha kuchli qo‘llab-quvvatlash shakllanmagan. Masalan, boshqa sohalardagi muammolar jamoatchilikda tezroq aks-sado beradi. Fermerlar masalasida esa qamrov ham, himoya ham kam bo‘ladi.

Buning bir sababi yer munosabatlariga borib taqaladi. Aholi fermerni “yerni o‘ziga olib qo‘ygan” odam sifatida ko‘radi. Ikkinchi tomondan, ayrim rahbarlar fermerni mustaqil tadbirkor emas, yuqoridan berilgan vazifani bajarishi kerak bo‘lgan brigadir sifatida qabul qiladi. Unga kredit beriladi, u kreditni ishlatib, hosilni yetishtirib berishi kerak, degan qarash bor. Aslida fermer tadbirkorlik sub’yekti. U tavakkal qiladi, xarajat qiladi, ishchi yollaydi, yerga ishlov beradi, bozor va ob-havo xavfini ko‘taradi. Uni faqat reja bajaruvchi zveno sifatida ko‘rish qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

- Sh.Sharipov: Fermerni brigadir o‘rnida ko‘rish... Yetarli emasmi, 21-asrda yashayapmiz... Dehqon erkin bo‘lsa, yer bilan inson o‘rtasida boshqacha munosabat shakllanadi. Yerning haqiqiy g‘amxo‘ri paydo bo‘ladi. Tuproqqa nisbatan mas’uliyat kuchayadi. Kelajakka ham boshqacha qaray boshlaydi.

- K.Ikromov: Qonunchilik nuqtai nazaridan qaralsa, mahalliy hokimiyatlar fermerlarga yaxshi hosil olish uchun zarur sharoit yaratib berishi kerak. Bu infratuzilma, suv, yo‘l, aloqa va boshqa sharoitlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni fermer yaxshi hosil olishi uchun tizim unga imkoniyat yaratishi s

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön