Aholi soni bo‘yicha yangi raqamlar: eng katta farq Toshkent viloyatida.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Kun.uz ro‘yxatga olingan aholi soni va joriy statistika o‘rtasida vujudga kelgan 810 ming kishilik tafovutni hududlar kesimida taqsimlab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, 600 ming kishilik farq birgina Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 7 ta hududda ro‘yxatga olingan aholi soni va joriy statistika o‘rtasidagi farq 1 foizga ham yetmaydi..

Kun.uz ro‘yxatga olingan aholi soni va joriy statistika o‘rtasida vujudga kelgan 810 ming kishilik tafovutni hududlar kesimida taqsimlab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, 600 ming kishilik farq birgina Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 7 ta hududda ro‘yxatga olingan aholi soni va joriy statistika o‘rtasidagi farq 1 foizga ham yetmaydi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish natijasida mamlakatda doimiy yashovchilar soni joriy demografik hisobdan 810 ming kishiga ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi.

Kun.uz hisob-kitoblariga ko‘ra, shundan 602 ming kishilik farq – birgina Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

2026 yil boshida viloyat aholisi 3,2 millionga yaqin deb hisoblangan bo‘lsa, ro‘yxatga olish natijasida bu hududda qariyb 3,8 million kishi doimiy yashashi oydinlashdi.

Shu tariqa, Toshkent viloyati 14 ta hudud orasida aholi soni bo‘yicha 7-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Ro‘yxatga olish natijasida 5 ta hududda – Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida aholi soni rasmiy statistikaga nisbatan kamroq chiqdi.

7 ta hududda rasmiy statistika va ro‘yxatga olish natijasida aniqlangan aholi soni o‘rtasidagi farq 1 foizga yetmagan. Ya’ni 14 ta hududning teng yarmida aholi soni bo‘yicha uzoq yillik statistik xatolik darajasi 1 foizdan kamroq bo‘lgan. Xususan, Buxoro viloyati bo‘yicha farq 0,1 foizni tashkil etmoqda.

Izoh: mazkur materialda (shu jumladan, ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari bo‘yicha Statqo‘m materiallarida ham) 2026 yil 1 yanvar holati bo‘yicha demografik statistika va 2026 yil yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalari o‘zaro taqqoslangan, ya’ni taqqoslanayotgan davrlarda kichik bo‘lsa-da tafovut bor.

Milliy statistika qo‘mitasi izohiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi sifatida ro‘yxatga olingan odamlar soni demografik statistikadan farqli chiqqani quyidagi omillar bilan bog‘liq:

joriy hisob-kitoblar odatda tug‘ilish, o‘lim va migratsiya bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlar asosida yuritiladi;

aholining ichki harakati, yashash joyini o‘zgartirishi, vaqtincha boshqa hududda bo‘lishi yoki ro‘yxat ma’lumotlarining o‘z vaqtida yangilanmasligi hisob-kitoblarda farq keltirib chiqarishi mumkin;

ro‘yxatga olish jarayonida uy xo‘jaliklari, turar joylar va manzilli obektlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri aholidan yig‘ildi;

onlayn ro‘yxatga olish, OneID tizimi, planshetlar va geolokatsiya ma’lumotlaridan foydalanish qamrovni kengaytirishga xizmat qildi;

O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar ham ro‘yxatga olindi.

Xalqaro tajribada ham ahol

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön