Xonobod, Angren va Termiz transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni transport-logistika tizimini rivojlantirish va mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi..
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni transport-logistika tizimini rivojlantirish va mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish, Transafg‘on temir yo‘li loyihasini jadallashtirish mamlakatning mintaqaviy va xalqaro transport tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Ushbu yirik loyihalar ishga tushishi natijasida O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Mazkur yo‘nalish an’anaviy yo‘nalishlarga nisbatan yuk tashish vaqtini 3 barobargacha qisqartirib, 8 kungacha tushirish imkonini beradi. Shuningdek, Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga, qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun eng tezkor yo‘l ochiladi.
Taqdimotda bu boradagi imkoniyatlardan hali to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi. Xitoy va Yevropa o‘rtasida yillik tovar aylanmasi 800 milliard dollarni, yuk tashish hajmi esa 120-150 million tonnani tashkil etadi. Agar O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qila olsa, 400-600 million dollar qo‘shimcha daromad, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya, 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu iqtisodiyot o‘sishiga qo‘shimcha 1,5-2 foizlik sur’at berishi mumkin.
Biroq hozircha O‘zbekistonning ushbu tranzit aylanmasidagi ulushi 1-2 foizdan oshmayapti. 2025 yilda tranzit yuk tashish hajmi 15,3 million tonnani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 54 foiz o‘sgan bo‘lsa-da, mavjud salohiyat bundan ancha yuqori.
Tahlillarga ko‘ra, chegara o‘tkazish punktlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyati xalqaro yuklarni tezkor qabul qilish va rasmiylashtirish quvvatiga ega emas. Mamlakatda xalqaro talabga mos 27 ta logistika markazi mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 27,2 million tonnani tashkil etadi. Biroq faqat bittasi yuqori toifaga ega. Avtomatlashgan “A” toifadagi omborlar jami ehtiyojning 10-15 foizini qoplaydi, zamonaviy muzlatkichli va bojxona omborlari yetishmaydi.
Shuningdek, logistika markazlari asosan Toshkent shahri va uning atrofida joylashgani, konteynerlashtirish ulushi pastligi, davlat organlari va xususiy logistika markazlari o‘rtasida axborot tizimlari to‘liq integratsiya qilinmagani, sohada raqamlashtirish darajasi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Taqdimotda Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo‘l, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistik
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →