O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi .
Eronda marhum oliy rahbar Ali Xominaiy bilan vidolashish uchun 6 kunlik motam marosimlari o‘tkaziladi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etadi..
Eronda marhum oliy rahbar Ali Xominaiy bilan vidolashish uchun 6 kunlik motam marosimlari o‘tkaziladi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etadi.
Motam tadbirlari 4 iyul kuni Tehrondagi «Musallo» majmuasida boshlanadi. 5 iyulda janoza namozi o‘qiladi. Poytaxtda, ommaviy motam yurishi ham rejalashtirilgan. Marosimlar mamlakatning boshqa shaharlari, jumladan, Qum va Mashhadda ham bo‘lib o‘tadi. Alohida tadbirlar shialar uchun muqaddas sanalgan Iroqning Najaf va Karbalo shaharlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Oliy rahbar jasadini dafn etishning yakuniy marosimi 9 iyul kuni Mashhadda bo‘lib o‘tadi.
Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xominaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eron hududiga birinchi zarbalari paytida halok bo‘lgan edi. Dastlab u bilan vidolashuv marosimi 4 mart kuni bo‘lib o‘tishi va uch kun davom etishi kerak edi. Biroq, marosim kuni Eron rasmiylari tadbir qoldirilganini e’lon qildi. Qaror xayrlashishni xohlovchilarning juda ko‘pligi bilan izohlandi.
📌 Source
This summary is auto-compiled from XML. Visit the original article for the full text.
Read original article →