“Hatto igna sanchib qiynashgan”: Toshkentdagi bog‘chada nimalar sodir bo‘ldi?.
Toshkentdagi Rayan Kids xususiy bog‘chasida bolalar qiynoqqa solib kelingani ma’lum bo‘ldi. Ota-onalarning aytishicha, bog‘chada bolalar muntazam kaltaklangan, haqoratlangan va qiynoqqa solingan. .
Toshkentdagi Rayan Kids xususiy bog‘chasida bolalar qiynoqqa solib kelingani ma’lum bo‘ldi. Ota-onalarning aytishicha, bog‘chada bolalar muntazam kaltaklangan, haqoratlangan va qiynoqqa solingan. Ota-onalarga videohisobot uchun bolalarga berilgan mevalar tortib olingan, olti bolaga bir kosa ovqat berilgan, va’da qilingan til kurslari esa 2 daqiqadan ham oshmagan. Kun.uz voqea joyida bo‘lib, jabrlangan oilalar, bog‘cha ma’muriyati va mas’ul idoralar munosabatini o‘rgandi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan Rayan Kids xususiy bog‘chasida tarbiyachilarning bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videolarda ayrim tarbiyachilarning bolalarni sudrashi, urishi, og‘ziga latta tiqishi va kamera tushmaydigan joylarga olib kirishi aks etgan.
Kun.uz voqea joyida bo‘lib, farzandlari mazkur bog‘chaga qatnagan ota-onalar bilan suhbatlashdi.
Ikki yashar bolani shunaqa azoblash – bu manyaklik-ku! Agar ovoza qilinmaganda, ushbu holat ham “yopti-yopti” bo‘lardi va boshqalarning bolalari ham muntazam shunaqa qiynalib kelardi. Bunaqada bolalar “travma” bo‘lib qoladi, bolalar ertaga qo‘rqoq, fikrini bildirolmaydigan, ruhiy bosimda o‘sganidan keyin, ruhi singan, hech narsaga yaroqsiz bola bo‘lib o‘sadi”, - deydi bolalardan birining otasi.
“Oltita bolaga bir kosa ovqatni aylantirib bir qoshiqdan berishgan”
Ota-onalarning aytishicha, bu birinchi holat emas, may oyida ham ushbu bog‘cha tarbiyachilaridan biri bolaga tan jarohati yetkazgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan va BHMning uch baravari miqdorida jarima bilan jazolangan. Shu bog‘chaga farzandi qatnagan yana bir ona ham zo‘ravonlik avvaldan davom etib kelganini aytadi.
Bu bitta mening bolamga nisbatan qilinmagan, u yerda kichik guruhda 20 ta bola bo‘lgan. Shu tili chiqmagan bolalarga qilishyapti buni. Oyog‘idan, qo‘lidan bitta qo‘llab ko‘tarib, rasm uchun stolga o‘tkazishar ekan. Rasmga olib bo‘lganidan keyin siltalab stoldan tushirib, boshqa bolani o‘tkazishadi. Arab tili, ingliz, rus tili fanlari bor, lekin 2 minut ham shug‘ullanishmayapti o‘qituvchilari. Oltita bolaga bir kosa ovqatni aylantirib bir qoshiqdan berishgan, bitta qoshiqda. Salati, noni, va’da berilgan menyu umuman yo‘q bu yoqda. SES xodimlarini ham yuborganman o‘shanda ham, tekshiruv o‘tkazishgan, jarima yozib ketishgan, shundan keyin ham tuzatilmagan bu narsa. Videolarda bog‘cha opa bolalarning qo‘lidagi bananini tortib olib o‘zi yeb ketyapti”, - dedi farzandi mazkur bog‘chada tarbiyalangan ona.
Kun.uz ikkinchi tomonning ham pozitsiyasini eshitish maqsadida bog‘cha ma’muriyatiga mu
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →