Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi.
Endi tadbirkor qurgan obektini elektr, gaz, suv, kanalizatsiya va boshqa tarmoqlarga ulash uchun alohida-alohida ariza berib yurmaydi: 1 iyuldan boshlab “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili joriy etiladi. 1 sentabrdan bir nechta davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona xizmat – arxitektura va shaharsozlik talabini berish yo‘lga qo‘yiladi. Qurilish texnikalari importi bojdan ozod etilmoqda..
Endi tadbirkor qurgan obektini elektr, gaz, suv, kanalizatsiya va boshqa tarmoqlarga ulash uchun alohida-alohida ariza berib yurmaydi: 1 iyuldan boshlab “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili joriy etiladi. 1 sentabrdan bir nechta davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona xizmat – arxitektura va shaharsozlik talabini berish yo‘lga qo‘yiladi. Qurilish texnikalari importi bojdan ozod etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti 4 iyun kuni “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida kompozit shaklda amalga oshiriladi.
2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahri, 2027 yil yakuniga qadar qolgan hududlar bo‘yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "O‘zsuvta’minot" AJ va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tashkilotlarining tegishli tarmoqlardagi yuklamalar, mavjud zaxira va ulanish nuqtalari haqidagi ma’lumotlari geografik axborot tizimi (GIS) shaklida "Raqamli hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinadi.
Bunda mazkur ma’lumotlar asosida obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni berish jarayonlari bosh reja raqamlashtirilgan aholi punktlarida to‘liq inson omilisiz amalga oshiriladi.
Hujjatda yozilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida bino-inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino-inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlarini bitta bosqichda ko‘rsatish amaliyoti joriy qilingan va bu ijobiy natija bergan.
2026 yil 1 sentabrdan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan davlat xizmatlari respublikaning barcha hududlarida birlashtirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi. Bunda mazkur talablar bosh rejasi raqamlashtirilgan aholi punktlari bo‘yicha inson omilisiz (avtomatik ravishda) shakllantiriladi.
O‘zbekistonda loyihalash va qurilishni parallel olib borish amaliyoti o‘zgaradi
Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga raislik qilish tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklandi.
Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va
📌 Kaynak
Bu özet Kun.uz (UZ) kaynağından otomatik derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →