O‘zbekistonda loyihalash va qurilishni parallel olib borish amaliyoti o‘zgaradi.
2026 yil 1 iyuldan boshlab loyihalash va qurilish ishlarini bir vaqtda amalga oshirish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish qilish tartibi joriy etiladi. Bunda obekt bir nechta bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich uchun alohida ruxsat olgan holda qurilish qilish mumkin. Biznes ko‘p kvartirali uylardan boshqa barcha qurilishlarda bu tartibni qo‘llash huquqiga ega..
2026 yil 1 iyuldan boshlab loyihalash va qurilish ishlarini bir vaqtda amalga oshirish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish qilish tartibi joriy etiladi. Bunda obekt bir nechta bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich uchun alohida ruxsat olgan holda qurilish qilish mumkin. Biznes ko‘p kvartirali uylardan boshqa barcha qurilishlarda bu tartibni qo‘llash huquqiga ega.
O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boshlab yangi obektlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda amalga oshirish (parallel qurilish) amaliyoti bekor qilinadi.
4 iyun kuni imzolangan 104-sonli prezident farmoniga ko‘ra, mazkur amaliyot o‘rniga tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
tadbirkorlik sub’yektlarining o‘z mablag‘lari hamda jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obektlar (ko‘p kvartirali uy-joylar bundan mustasno) bo‘yicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
qurilish-montaj ishlari obektning har bir bosqichi (qismi) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilgandan va Qurilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng reja-grafik asosida boshlanadi;
qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq olib borish jarayonlari Qurilish inspeksiyasi tomonidan "Qurilishda davlat nazorati" elektron platformasida monitoring qilib boriladi;
budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obektlarda bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror (farmoyish)lari bilan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Qurilish vazirligi Qurilish inspeksiyasi bilan birgalikda 2027 yil yakuniga qadar tajriba-sinovning ijobiy natijalariga ko‘ra uni davom ettirish va boshqa yo‘nalishlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.
Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchisi aniqlanadigan, shuningdek, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravarigacha (hozirda – 10,3 mlrd so‘m) bo‘lgan obektlarning davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlarini ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
Ma’lumot uchun, 2021 yilda kuchga kirgan Shaharsozlik kodeksiga asosan, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, obektlarni shaharsozlik hu
📌 Kaynak
Bu özet Kun.uz (UZ) kaynağından otomatik derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →