Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi.
O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va inson omilini qisqartirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu prezidentning qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda sohadagi davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan farmonida belgilandi..
O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va inson omilini qisqartirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu prezidentning qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda sohadagi davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan farmonida belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, qurilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlar uchun xizmatlarni soddalashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish choralari ko‘riladi.
Jumladan, 2026 yil 1 iyuldan qurilish sohasidagi bir qator davlat xizmatlari “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida ko‘rsatiladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi.
Shuningdek, qurilishga ruxsat berish va obektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali taqdim etilgan hujjatlar avtomatik tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni inson aralashuvisiz bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.
Farmon bilan qurilish obektlarini onlayn kuzatish tizimi ham kengaytiriladi. Yirik qurilish maydonlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy bo‘lib, ulardan olinadigan ma’lumotlar yagona monitoring platformasiga integratsiya qilinadi.
Bundan tashqari, qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash, nazoratni kuchaytirish va korrupsiya xavflarini kamaytirish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi imkoniyatlari ham kengaytiriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur choralar qurilish sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, ruxsat berish jarayonlarini tezlashtirish va inson omili ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.
📌 Kaynak
Bu özet Kun.uz (UZ) kaynağından otomatik derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →