Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi.

📌 Diğer 📰 Kun.uz (UZ) 🕐 6 saat önce

O‘zbekiston Markaziy banki to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritdi. Yangi talablarga ko‘ra, litsenziya olish jarayonida benefitsiar mulkdorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiy hisoblanadi..

O‘zbekiston Markaziy banki to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritdi. Yangi talablarga ko‘ra, litsenziya olish jarayonida benefitsiar mulkdorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiy hisoblanadi.

Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat bilan to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir qator o‘zgartishlar kiritilgan.

Jumladan, nizomga “benefitsiar mulkdor” tushunchasi kiritilib, u to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs sifatida belgilangan.

Shuningdek, litsenziyalash jarayonida taqdim etiladigan ma’lumotlar tarkibi kengaytirilib, tashkilot muassislari va aksiyadorlari bilan bir qatorda benefitsiar mulkdorlarga oid ma’lumotlarni ham ko‘rsatish talabi joriy etildi.

Mazkur o‘zgartishlar to‘lov xizmatlari sohasida shaffoflikni oshirish, mulkchilik tuzilmasini aniqlashtirish hamda sohadagi nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

📌 Kaynak

Bu özet Kun.uz (UZ) kaynağından otomatik derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
← Tüm haberlere dön