Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi.

📌 Diğer 📰 Kun.uz (UZ) 🕐 6 saat önce

AQShning Rod-Aylend shtatidagi federal sud Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 39 davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llangan ayrim immigratsiya cheklovlarini noqonuniy deb topdi. Sud qarori natijasida boshpana, ishlash ruxsatnomasi, doimiy yashash huquqi (grin-karta) va fuqarolik bo‘yicha arizalari ko‘rib chiqilmay qolgan minglab odamlar uchun huquqiy imkoniyatlar qayta tiklanishi mumkin..

AQShning Rod-Aylend shtatidagi federal sud Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 39 davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llangan ayrim immigratsiya cheklovlarini noqonuniy deb topdi. Sud qarori natijasida boshpana, ishlash ruxsatnomasi, doimiy yashash huquqi (grin-karta) va fuqarolik bo‘yicha arizalari ko‘rib chiqilmay qolgan minglab odamlar uchun huquqiy imkoniyatlar qayta tiklanishi mumkin.

Providens shahri bosh federal sudyasi Jon Makkonnellning ta’kidlashicha, bahsli choralar ko‘plab muhojirlarni “huquqiy noaniqlik botqog‘i”ga tashlab qo‘ygan. Sudyaning fikricha, mazkur shaxslar Kongress tomonidan belgilangan qonuniy tartiblarga amal qilgan va AQSh Fuqarolik hamda immigratsiya xizmati (USCIS) talablarini bajargan bo‘lsa-da, ularning arizalari oylar davomida ko‘rib chiqilmagan.

Makkonnell USCIS o‘z vakolatlari doirasidan chiqib ketganini va qarorlar qonuniy asoslarsiz qabul qilinganini qayd etdi. Uning fikricha, bu choralar muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatlar ta’sirida qabul qilingan bo‘lib, bunday omillar davlat qarorlariga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Sud qarori muhojirlarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar va kasaba uyushmalari koalitsiyasining g‘alabasi sifatida baholanmoqda. Ushbu tashkilotlar mart oyida Tramp ma’muriyati siyosati ustidan sudga murojaat qilgan edi.

Tramp 2025 yilda Oq uyga qaytganidan keyin immigratsiya siyosatida bir qator keskin cheklovlarni joriy etgan. 2025 yil iyun oyida Afg‘oniston, Eron, Yaman, Liviya, Somali, Sudan, Haiti va boshqa bir qator davlatlar fuqarolari uchun AQShga kirish to‘liq taqiqlangan. Shuningdek, Venesuela, Kuba, Turkmaniston va boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan qisman cheklovlar joriy etilgan.

Oradan olti oy o‘tib, Tramp ma’muriyati cheklovlar ro‘yxatini yana kengaytirdi. 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi qarorlarga ko‘ra, Burkina-Faso, Mali, Niger, Suriya, Janubiy Sudan va boshqa davlatlar fuqarolari ham to‘liq taqiq ostiga tushdi. Angola, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va yana bir qator mamlakatlarga nisbatan esa qisman cheklovlar qo‘llandi.

Kuzatuvchilar fikricha, mazkur sud qarori Tramp ma’muriyatining qat’iy immigratsiya siyosatiga berilgan eng jiddiy huquqiy zarbalardan biri bo‘lib, kelgusida shunga o‘xshash boshqa qarorlarning ham qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l ochishi mumkin.

📌 Kaynak

Bu özet Kun.uz (UZ) kaynağından otomatik derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
← Tüm haberlere dön